Commons:Qimmatli tasvirlar

From Wikimedia Commons, the free media repository
Jump to navigation Jump to search
This page is a translated version of a page Commons:Valued images and the translation is 51% complete. Changes to the translation template, respectively the source language can be submitted through Commons:Valued images and have to be approved by a translation administrator.

Shortcuts: COM:VI • COM:VAL • COM:VALUE

Qimmatli tasvirlar Commons hamjamiyati tomonidan boshqa Vikimedia loyihalarida onlayn kontentda foydalanish uchun qimmatli deb hisoblangan tasvirlardir. Qimmatli tasvir umumjamoatchilik tomonidan „oʻz turining eng qimmatli illyustratsiyasi“ deb hisoblanadi.

Maqsadi

Qimmatli tasvirlar loyihasi foydalanuvchilarning yuqori xilma-xillik va foydalanish qulayligiga ega qimmatli tasvirlarni taqdim etishdagi saʼy-harakatlarini aniqlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, bunday tasvirlarni onlayn foydalanish uchun qidirayotgan boshqa Vikimedia loyihalari muharrirlari uchun resurs yaratishni maqsad qilgan. Loyiha, shuningdek, olish juda qiyin yoki imkonsiz boʻlgan qiyin mavzular tasvirlarini taqdim etishga harakat qilgan hissa qoʻshuvchilarni eʼtirof etadi.

Qimmatli tasvirlar, sifatli tasvirlar va tanlangan tasvirlar oʻrtasidagi farq

Qimmatli tasvirlar loyihasi yuqori texnik sifatdagi rasmlarni Commons xizmatiga taqdim etuvchi foydalanuvchilarni aniqlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan. Tanlangan tasvirlar Commons’dagi loyihalarning qaymogʻi hisoblanadi va texnik jihatdan sifatli tasvirlar uchun moʻljallangan.

Boshqa tomondan, qimmatli tasvirlar Vikimedia loyihalari doirasida onlayn muhitda foydalanish uchun oʻz turining eng qimmatlisi hisoblanadi. Qimmatli tasvirlarga qoʻyiladigan texnik talablar odatda ancha past, chunki bosma nashrda foydalansa boʻladi. Agar obyekt yuqori qiymatga ega boʻlsa va rasm uni 480×360 piksel yoki shunga teng koʻrinish oʻlchamida yaxshi aks ettirsa, zamonaviy mobil telefondagi oʻrnatilgan kamera yetarli boʻlishi mumkin. Qimmatli tasvirlar texnik sifatdan koʻra, koʻproq sizning ahamiyatli boʻlgan yaxshi va qimmatli mavzularni topish borasidagi topqirligingiz hamda rasm sahifasidagi maʼlumotlarning foydalanish qulayligi haqida koʻproq maʼlumot beradi.

Tanlab olingan qimmatli tasvirlarga misollar

Muvofiqlik

Tanlab olingan qimmatli tasvirlar
Yil-oy Tasvirlar
2025-02
  
14
2025-01
  
306
2024-12
  
306
2024-11
  
270
2024-10
  
273
2024-09
  
329
2024-08
  
303
2024-07
  
263
2024-06
  
300
2024-05
  
312
2024-04
  
283
2024-03
  
288
2024-02
  
205

Commonsdagi barcha tasvirlar – fotosuratlar, animatsiyalar, sxemalar, diagrammalar, jadvallar, skanerdan oʻtkazilgan tasvirlar, belgilar, kompyuter renderinglari boʻlsin, xoh asl yoki hosilaviy ishlar boʻlsin – qimmatli tasvir sifatida nomzod boʻlish huquqiga ega. Hujjatlar, elektron jadvallar, taqdimotlar, notalar, ovozli va video fayllar qimmatli tasvirlar loyihasi doirasiga kirmaydi.

Jarayon

Qimmatli tasvir nomzodlarini qimmatli rasm nomzodlari sahifasida taklif qilish va koʻrib chiqish mumkin. Ayni shu sahifadan qimmatli tasvirlar toʻplami sifatida tasvirlar guruhini ham tavsiya etish va baholash uchun foydalanish mumkin.

Baholash qimmatli tasvir mezonlariga muvofiq hamjamiyat tomonidan amalga oshiriladi.

Tasvirlar va toʻplamlar

Hozirda 50,345 tasvirlari qimmatli tasvirlardir, bu mavjud tasvirlarning taxminan 0.044% (113,526,488) va 283 qiymatli rasmlar to‘plamidir. Shuningdek qarang;